KRI Tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida‘gi 151-sonli Farmoniga binoan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Arxitektura, qurilish, muhandislik va kommunal xo‘jalik sohalarida kadrlar tayyorlash (jumladan, maxsus maqsadli), qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish va baholash bo‘yicha ixtisoslashgan davlat oliy taʼlim muassasasi shaklidagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti 2023 yil 5 oktyabr kuni tashkil etildi.

 

Prezident E’tirofi

“Bugungi kunda mamlakatimiz qurilish sohasida ham yangi davr boshlandi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Avvalo, sohaning huquqiy va moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, respublikamizning barcha hududlarida ilg‘or texnologiya va yondashuvlar asosida faoliyat yuritadigan yangi-yangi qurilish tashkilotlari paydo bo‘layotgani, qurilish materiallari industriyasi yuqori surʼatlar bilan rivojlanayotgani, malakali yetuk kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilgani shunday deb aytishga asos beradi”

Shavkat Mirziyoyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Institutning asosiy vazifalari

  • shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalariga oid tegishli yo‘nalishlarda kadrlarni maqsadli maxsus tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
  • kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kompetensiya tasdig‘ini olishni xohlovchi jismoniy shaxslarning kasbiy bilim, ko‘nikma va mahoratini baholash;
  • o‘qitishning zamonaviy shakllari, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari asosida nazariy tayyorgarlikning amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlashga qaratilgan o‘quv jarayonini tashkil etish;
    talabalar va tinglovchilarning amaliyotini nufuzli mahalliy hamda xorijiy korxona va tashkilotlarda tashkil etish;
  • hamkorlikda professor-o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar va tinglovchilarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish, tadqiqot natijalarini sinovdan o‘tkazish va ilmiy loyihalardagi ishtirokini yo‘lga qo‘yish;
    talabalar va tinglovchilarga sohalardagi yangiliklarni, shaharsozlikka oid qonunchilik hamda texnik tartibga solishga oid normativ hujjatlarni mazmun-mohiyatini yetkazish;
  • sohalarda dolzarb masalalar bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar loyihalarini milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish;
  • ta’lim va ilmiy jarayonga mahalliy va xorijiy mutaxassislarni keng jalb etish, ilg‘or pedagogik tajriba almashish borasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
  • tashkilot va korxonalar buyurtmalari asosida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish hamda ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish;

KRI faoloiyatining asosiy maqsadi

Institutning asosiy maqsadi shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalaridagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini zamonaviy o‘quv dasturlari asosida oshirib borish, ularning kasb va mutaxassisliklari bo‘yicha malakasini baholash hamda davriy ravishda sertifikatlash, shuningdek, soha uchun maxsus maqsadli magistratura mutaxasisliklari bo‘yicha kadrlarni tayyorlash.

2023 yildan boshlab

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitish va ularning faoliyat yo‘nalishlarini davriy ravishda sertifikatlovchi oliy ta’lim muassasasi.