“Seysmik izolyatsiya qoʻllash talablari va amaliyoti” malaka oshirish oʻquv kurslariga qabul boshlandi!

06.21.2024

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-aprel sanasidagi PQ-161-son qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Seysmik xavfsizlikni taʼminlash hamda bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha Yoʻl xaritasi”ning 26-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Kompetensiyani rivojlantirish institutida loyihalash, qurilish tashkilotlari va davlat qurilish nazorati inspeksiyasi mutaxassislari uchun moʻljallangan “Seysmik izolyatsiya qoʻllash talablari va amaliyoti” nomli malaka oshirish oʻquv kurslari tashkil etilganini maʼlum qilamiz.

 

Malaka oshirish oʻquv kursi davomiyligi 44 soat (1 hafta).

 

Kursdan tinglovchilar:

– xorijiy tajribani oʻrgangan holda bino va inshootlarning zilzilaga chidamliligini taʼminlashning amaliy usullari;

– seysmik xavfli hududlarda zamonaviy loyihalash va qurilish;

– loyiha boʻyicha normativ va texnik adabiyotlardan foydalanish va seysmik zonalarda bino va inshootlarni qurishni;

– bino va inshootlarning seysmik qarshiligini baholashning zamonaviy usullarini qoʻllash;

– seysmik xavfli hududlarda loyihalash va qurilishning asosiy prinsiplarini hal etish;

– hayot xavfsizligi talablarini hisobga olgan holda zilzilaga chidamli binolarni loyihalash, qurish va ulardan foydalanish tamoyillarini oʻzlashtirish;

– binolar va inshootlarni seysmik taʼsir uchun hisoblash usullari, shu jumladan avtomatlashtirilgan hisoblash dasturiy taʼminot tizimlaridan foydalanish malakalariga ega boʻlishadi. 

 

Taʼlim dasturlarni toʻliq oʻzlashtirgan va yakuniy nazoratdan muvaffaqiyatli oʻtgan kurs tinglovchilariga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Kurs toʻgʻrisida batafsil maʼlumot uchun 71 241-58-01, 93 350-30-13 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. 

Sizga qiziq bo’lishi mumkin…

Meksikalik olim O’zbekistonda

Meksikalik olim O’zbekistonda

Bugun biz ko'p tilga olayotgan "aqlli shahar" qanday bo'ladi? U birlamchi o'rinda aholi hayotini qulay va xavfsiz...