Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini
Sertifikatlash
SERtifikat
oliy ta’lim muassasalari huzuridagi ixtisoslashtirilgan markazlarda o‘quv dasturini tamomlagan va test sinovini muvaffaqiyatli topshirgan mutaxassisga beriladigan, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, qurilayotgan obyektlarda ichki, mualliflik, texnik va davlat nazoratini olib borish hamda foydalanishga topshirilgan obyektlarda nazorat o‘lchovini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat
sertifikatlangan mutaxassis
shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari bo‘yicha zarur bilim, ko‘nikma, amaliy ish tajribasi va oliy ma’lumotga ega bo‘lgan hamda oliy ta’lim muassasalari huzuridagi ixtisoslashtirilgan markazlarda o‘quv dasturini tamomlagan va belgilangan tartibdagi test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan jismoniy shaxs
Talabgor
sertifikat olish uchun murojaat qiluvchi, shaharsozlik faoliyati sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis diplomiga va tegishli soha bo‘yicha kamida 3 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs
TEST VA MUDDAT
Sertifikat KRI va uning hududiy filiallarida dasturlar bo‘yicha o‘quv kursini tugatib, test sinovlaridan o’tgan mutaxassislarga beriladi. Talabgor sertifikat talab etiladigan lavozimga tayinlangan sanadan boshlab bir yil muddat davomida dastur asosida o‘qishi va sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi. Agarda, talabgor bir yil davomida sertifikatga ega bo‘lmasa, u bilan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinadi. Sertifikat 3 yil muddatga beriladi.
Yo’nalishlar-1
Foydalanishga topshirilgan ob’yektlarda nazorat o‘lchovini amalga oshirish
Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish
To'lovlar
O'QISH UCHUN 2 340 000 SO'M
TEST UCHUN 680 MING SO'M
Dasturda:
Ushbu yo‘nalishlar uchun o‘quv jarayoni davomiyligi 2 xafta jami 72 akademik soat bo‘lib, shundan:
– Nazariy mashg‘ulot (auditoriyada o‘tkaziladi) jami 34 akademik soat;
Amaliy mashg‘ulot (auditoriyada o‘tkaziladi) jami 20 akademik soat;
- Mustaqil ta’lim (mustaqil o‘zlashtiriladi) jami 16 akademik soat;
Test sinovi (BMB agentligida o‘tkaziladi) 2 soat
Talablar:
Sertifikat olish uchun murojaat qiluvchi, shaharsozlik faoliyati sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis diplomiga va tegishli soha bo‘yicha kamida 3 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs
Yo’nalishlar-2
Loyiha tashkilotlarida loyiha bosh muhandisi sifatida faoliyatni amalga oshirish
Qurilish ob’yektlarida qurilish-pudrat tashkilotining ichki nazoratini amalga oshirish
Ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvini amalga oshirish
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va mualliflik nazoratini olib borish
Arxitektura va qurilish boshqaruvi
Qurilish va shaharsozlik sohasida davlat nazoratini olib borish
To'lovlar
O'QISH UCHUN 2 340 000 SO'M
TEST UCHUN 680 MING SO'M
Dasturda:
Ushbu yo‘nalishlar uchun o‘quv jarayoni davomiyligi 3 xafta jami 108 akademik soat bo‘lib, shundan:
– Nazariy mashg‘ulot (auditoriyada o‘tkaziladi) davomiyligi 2 kun jami 12 akademik soat;
– Nazariy mashg‘ulot (masofaviy ta’lim shaklida o‘tkaziladi) davomiyligi 1 xafta jami 36 akademik soat;
Amaliy mashg‘ulot (qurilish ob’yektlarida o‘tkaziladi) davomiyligi 4 kun jami 24 akademik soat
Mustaqil ta’lim (mustaqil masofaviy ta’lim platformasi orqali o‘zlashtiriladi) davomiyligi 1 xafta jami 34 akademik soat;
Test sinovi (BMB agentligida o‘tkaziladi) 2 soat
Talablar:
Sertifikat olish uchun murojaat qiluvchi, shaharsozlik faoliyati sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis diplomiga va tegishli soha bo‘yicha kamida 3 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs
Sertifikat berish tartibi
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislariga sertifikat berish Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
HUjjat topshirish
- Talabgor dasturga muvofiq o‘qish hamda sertifikatga ega bo‘lish so‘rovnomani axborot tizimi orqali ta’lim muassasasiga yuboradi.
- So‘rovnomada talabgor to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq ko‘rsatilishi shart.
- So‘rovnoma tegishli ma’lumotlar bilan to‘liq to‘ldirilmagan taqdirda axborot tizimi qabul qilmaydi.
- So‘rovnoma axborot tizimi orqali avtomatik tarzda ta’lim muassasasiga yo‘naltiriladi.
To’lov
Talabgor bir ish kuni mobaynida ta’lim muassasasidan kelib tushgan takliflarni o‘rganib chiqib, maqbul ta’lim muassasasini tanlaydi hamda o‘qish uchun to‘lovni o‘z hisobidan amalga oshirish uchun o‘zi tanlagan ta’lim muassasasiga so‘rov yuboradi.
Test sinovidan o‘tish hamda sertifikat olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Ta’lim muassasasi talabgor tomonidan to‘lov amalga oshirilgan sanadan boshlab bir oydan kechikmagan holda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishi shart.
Talabgorga o‘z ish joyidan ajralmagan holda o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishga (o‘qishiga) ruxsat etiladi.
TEST Sinovi
Test savollarini ishlab chiqishda dastur hamda amaldagi shaharsozlik faoliyati sohasidagi qonunchilik hujjatlaridan foydalaniladi.
Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan har bir talabgor belgilangan shaklga muvofiq tegishli QR-kodli (matrik shtrixli kod) sertifikatni axborot tizimidan yuklab oladi.
Test savollarining 45 tasiga to‘g‘ri javob bergan talabgor test sinovidan o‘tgan hisoblanadi.
Test sinovidan o‘ta olmagan talabgorga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im to‘lab, bir oy muddatda qaytadan test topshirish uchun imkoniyat beriladi.
Talabgor test sinovidan takroriy test natijasida ham o‘ta olmagan taqdirda, unga sertifikat berilmaydi.
Mutaxassis sertifikatiga ega bo’ling
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari sertifikatlangan mutaxassislarining elektron reyestri yuritiladi.