Meksikalik olim O’zbekistonda

Meksikalik olim O’zbekistonda

Bugun biz ko’p tilga olayotgan “aqlli shahar” qanday bo’ladi? U birlamchi o’rinda aholi hayotini qulay va xavfsiz qilish, shuningdek, shahar moliya mablag‘lari va hududini tejashni maqsad qiladi. Shu jihatdan qaraganda “Aqlli shahar hamma uchun” konsepsiyasi ko‘plab rivojlangan mamlakatlar qatori yurtimiz uchun ham ilg‘or amaliyot sanaladi.

 

⚠️ Nogironligi bo’lgan shaxslar hayotiy faoliyatining barcha jabhalarida zarur bo’lgan sharoitlarni amalda qo’llashga qaratilgan mazkur loyiha mamlakatimiz arxitektor va quruvchilarining to‘siqsiz muhit yaratishdagi malaka va bilimlarini yanada boyitishda muhim rol o’ynaydi.

 

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti rektori A’zamiddin Kuldashev boshchiligidagi mas’ullar meksikalik mashhur arxitektor – Andres Balkazar bilan uchrashdi.

 

O’zbekistonda inklyuzivlik kodeksini ishlab chiqishda ishtirok etayotgan olim va institut o’rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan uchrashuvda “Nogironligi bo’lgan shaxslar uchun to’siqsiz muhit yaratish” nomli o’quv seminarini sifatli tashkil etish va o’tkazish, mahalliy arxitektorlar, loyihachilar va ekspertlar malakasini oshirishda xorijning ilg’or yechimlari bilan bo’lishish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

 

– Qayd etish lozim, shu kungacha institutning 250 ga yaqin tinglovchilari sizning seminaringizda faol qatnashib kelmoqda. Ayniqsa, xorij tajribalari, transport, qurilish inshootlari muhiti hamda axborot va muloqot texnologiyalari singari mavzularni juda katta qiziqish bilan qabul qilishdi. Kelgusida siz bilan institutimiz o‘rtasida hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanib, mahorat va tajribangiz soha mutaxassislari orasida ko‘prik bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz, – deya ta’kidladi A.T.Kuldashev

“Seysmik izolyatsiya qoʻllash talablari va amaliyoti” malaka oshirish oʻquv kurslariga qabul boshlandi!

“Seysmik izolyatsiya qoʻllash talablari va amaliyoti” malaka oshirish oʻquv kurslariga qabul boshlandi!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-aprel sanasidagi PQ-161-son qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Seysmik xavfsizlikni taʼminlash hamda bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha Yoʻl xaritasi”ning 26-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Kompetensiyani rivojlantirish institutida loyihalash, qurilish tashkilotlari va davlat qurilish nazorati inspeksiyasi mutaxassislari uchun moʻljallangan “Seysmik izolyatsiya qoʻllash talablari va amaliyoti” nomli malaka oshirish oʻquv kurslari tashkil etilganini maʼlum qilamiz.

 

Malaka oshirish oʻquv kursi davomiyligi 44 soat (1 hafta).

 

Kursdan tinglovchilar:

– xorijiy tajribani oʻrgangan holda bino va inshootlarning zilzilaga chidamliligini taʼminlashning amaliy usullari;

– seysmik xavfli hududlarda zamonaviy loyihalash va qurilish;

– loyiha boʻyicha normativ va texnik adabiyotlardan foydalanish va seysmik zonalarda bino va inshootlarni qurishni;

– bino va inshootlarning seysmik qarshiligini baholashning zamonaviy usullarini qoʻllash;

– seysmik xavfli hududlarda loyihalash va qurilishning asosiy prinsiplarini hal etish;

– hayot xavfsizligi talablarini hisobga olgan holda zilzilaga chidamli binolarni loyihalash, qurish va ulardan foydalanish tamoyillarini oʻzlashtirish;

– binolar va inshootlarni seysmik taʼsir uchun hisoblash usullari, shu jumladan avtomatlashtirilgan hisoblash dasturiy taʼminot tizimlaridan foydalanish malakalariga ega boʻlishadi. 

 

Taʼlim dasturlarni toʻliq oʻzlashtirgan va yakuniy nazoratdan muvaffaqiyatli oʻtgan kurs tinglovchilariga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Kurs toʻgʻrisida batafsil maʼlumot uchun 71 241-58-01, 93 350-30-13 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. 

“Sinzyan sanoat va qurilish korporatsiyasi” boshqaruv raisi janob Sya Szyango boshchiligidagi nufuzli delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

“Sinzyan sanoat va qurilish korporatsiyasi” boshqaruv raisi janob Sya Szyango boshchiligidagi nufuzli delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Bugungi kunda, Kompetensiyani rivojlantirish instituti tomonidan xalqaro xamkorlikni rivojlantirish maqsadida qator xorijiy davlatlarning qurilish hamda ta’lim sohalaridagi yetakchi kompaniya va oliygoxlari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Dunyoda qurilish va arxitektura sohasidagi yangilanish hamda o‘zgarishlar taraqqiyotning eng muhim nuqtasini belgilayotgani ham sir emas albatta. Bu jarayonlarda Xitoy davlatining boy tajribasi va qurilish sohasida yetakchilik qilib kelayotganligi hamkorlik qilish uchun muhim sabab bo‘lmoqda.

Joriy yilning 6 – 8 mart kunlari Xitoyting “Sinzyan sanoat va qurilish korporatsiyasi” boshqaruv raisi janob Sya Szyango boshchiligidagi nufuzli delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Mazkur korporatsiya qurilish va ta’lim jarayonlarini o‘zida birlashtirgan holda “ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini” muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ygan yirik tashkilot sanaladi. Shuningdek, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida kompaniyaning muvaffaqiyatli loyihalari amalga oshgan. Mazkur tashrif doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Kompetensiyani rivojlantirish institutida delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda institut rektori A.T.Qo‘ldoshev va janob Sya Szyango boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan qurilish hamda ta’lim soxalarida kelgusidagi xamkorlik masalalari muhokama qilib olindi.

Uchrashuvda qurilish sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, Xitoy qurilish sanoat vakillarining O‘zbekistonlik mutaxassislar bilan tajriba almashishi, o‘quv jarayonlariga xitoylik mutaxassislarni jalb etish va ularning amaliyotdagi tajribasidan dars jarayonlarida keng foydalanish hamda instituti tinglovchilari uchun mavjud elektron ta’lim platformasini boyitish va yangi yo‘nalishlar uchun xitoylik mutaxassilarni jalb etish masalalari atroflicha muhokama etildi.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabridagi 460-sonli Qaroriga o’zgartirish kiritildi.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabridagi 460-sonli Qaroriga o’zgartirish kiritildi.

Assalomu alaykum, hurmatli tinglovchilar!

🔹Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 11-sentabridagi 460-sonli qaroriga ko‘ra “Test sinovi 50 ta savoldan iborat bo‘ladi. Test savollarining 45 tasiga to‘g‘ri javob bergan talabgor test sinovidan o‘tgan hisoblanadi” deb ko‘rsatilgan edi.

🔹2024 yil 24-fevral kuni Vazirlar Mahkamasining 100-sonli qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 11-sentabridagi 460-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritildi. Bunga ko‘ra:

▪️Test savollarining 28 tadan 35 tasiga (56-70%) to‘g‘rsi javob bergan talabgorga xavf-xatarligi bo‘yicha II toifali;

▪️test savollarining 36 tadan 42 tasiga (71-85%) to‘g‘ri javob bergan talabgorga xavf-xatarligi bo‘yicha III toifali;

▪️test savollarining 43 tadan 50 tasiga (86-100%) tugri javob bergan talabgorga xavf-xatarligi bo‘yicha IV toifali kurilish ob’yektlarining arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o’tkazish, texnik nazoratni amalga oshirish, qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat kilish va nazorat o’lchovini amalga oshirish huquqi beriladi.

🔹Test sinovi savollarini yengillashtirish maqsadida savollarga foto materiallar qo‘shilganini ham ma’lum qilamiz.

Bizda joriy yilning 16-fevral kunidan boshlab 18-mavsum darslariga start beriladi.

Bizda joriy yilning 16-fevral kunidan boshlab 18-mavsum darslariga start beriladi.

Bizda joriy yilning 16-fevral kunidan boshlab 18-mavsum darslariga start beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-son “Ma’muriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni  hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutida joriy yilning 15-fevral kunidan boshlab quyidagi yo‘nalishlarda 18-mavsum darslari boshlanmoqda:

Qurilish ob’yektlarida texnik nazoratni olib borish;

Qurilish ob’yektlarida qurilish-pudrat tashkilotining ichki nazoratini amalga oshirish;

Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va mualliflik nazoratini olib borish;

Loyiha tashkilotlarida loyiha bosh muhandisi sifatida faoliyatni amalga oshirish;

Loyiha tashkilotlarida loyiha bosh arxitektori sifatida faoliyatni amalga oshirish.

Ushbu yo’nalishlarda o’qish istagida bo’lgan mutaxassislarni online ariza topshirish tizimidan (sert.mc.uz) ro‘yhatdan o‘tgan holda ariza yuborishingizni so‘raymiz.