KRI da qanday funskional bo’linmalar mavjud?

KRI — Arxitektura, qurilish, muhandislik hamda uy-joy kommunal sohalari mutaxassislarining bilim va malakalarini oshirishga mo‘ljallangan mavjud Malaka oshirish markazlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hamda o‘quv-uslubiy jihatdan amaliy yordam ko‘rsatkvchi markazlashgan taʼlim muassasasidir

Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi

shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalariga oid tegishli yo‘nalishlarda mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini uzluksiz oshirish

Malakani baholash markazi

kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kompetensiya tasdig‘ini olishni xohlovchi jismoniy shaxslarning kasbiy bilim, ko‘nikma va mahoratini baholash hamda sertifikatlash.

Arxitektorlar & Muhandislar oliy maktabi

Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida kamida besh yil ish staji hamda oliy maʼlumotga ega bo‘lgan mutaxassislarni to‘lov-kontrakt asosida maxsus maqsadli magistratura bosqichida o‘qitish.

Magistratura mutaxassisliklari:

  • Oqava suvlarni oqizish va suv resurslarini muhofaza qilish yo‘nalishi uchun o‘quv dasturi
  • Kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish
  • Bino va inshootlar qurilishi
  • Muhandislik kommunikasiya tizimlari qurilish va montaji
  • Qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari

O‘quv dasturi bo‘yicha ta’lim dasturlarni to‘liq o‘zlashtirgan va yakuniy nazoratdan muvaffaqiyatli o‘tgan kurs tinglovchilariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi ‘Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida‘gi 460-sonli qaroriga muvofiq Sertifikat Kompetensiyani rivojlantirish instituti va uning hududiy filiallarida dasturlar bo‘yicha o‘quv kursini tugatib, belgilangan tartibda o‘tkazilgan test sinovlarini muvaffaqiyatli yakunlagan mutaxassislarga beriladi.