Qayta tayyorlash & Malaka oshirish
Soha mutaxassislari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha bugungi kunda kerakli bo‘lgan bilimlarni olish uchun zamonaviy ishlab chiqilgan dasturlar asosida malakasi oshirib boriladi. Tinglovchilar 3 yillik mexnat staji va shu yo‘nalishda taʼlimning bakalavr darajasiga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Dastur ma’lumotlari
Instructor
—–
Daraja
Malaka oshirish
Muddat
2+ hafta
Turi
Maxsus maqsadli
Yo’nalishlar
SHAHARSOZLIK
SEYSMIK IZOLATSIYA QO‘LLASH TALABLARI VA AMALIYOTI
To'lovlar
O'QISH UCHUN 2 340 000 SO'M
TEST UCHUN 680 MING SO'M
Dasturda:
Ushbu yo‘nalishlar uchun o‘quv jarayoni davomiyligi 2 xafta jami 72 akademik soat bo‘lib, shundan:
– Nazariy mashg‘ulot (auditoriyada o‘tkaziladi) jami 34 akademik soat;
Amaliy mashg‘ulot (auditoriyada o‘tkaziladi) jami 20 akademik soat;
- Mustaqil ta’lim (mustaqil o‘zlashtiriladi) jami 16 akademik soat;
Test sinovi (BMB agentligida o‘tkaziladi) 2 soat
Talablar:
Sertifikat olish uchun murojaat qiluvchi, shaharsozlik faoliyati sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis diplomiga va tegishli soha bo‘yicha kamida 3 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs
Eslatma
Eslatib oʻtamiz, 2025-yil 1-yanvardan boshlab sertifikatga ega boʻlmagan mutaxassislarga xavflilik darajasi II, III va IV toifali qurilish obyektlarining, shuningdek, budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan I toifali qurilish obyektlarining arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, texnik nazoratni amalga oshirish, qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish va nazorat oʻlchovini amalga oshirish jismoniy shaxslarga koʻp kvartirali uylarning boshqaruv organlariga rahbarlik qilish taqiqlanadi.
Kelajagingni KRI bilan qur
Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi – shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalariga oid tegishli yo‘nalishlarda mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini uzluksiz oshirish.