Ko'p beriladigan savollar
KRI haqida
qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitish va ularning faoliyat yo‘nalishlarini davriy ravishda sertifikatlovchi oliy ta’lim muassasasi.
Dasturlar
KRI — Arxitektura, qurilish, muhandislik hamda uy-joy kommunal sohalari mutaxassislarining bilim va malakalarini oshirishga mo‘ljallangan institut.
Sertifikatlash
Shaharsozlik sohasidagi mutaxassislarni ularning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha har uch yilda bir marta sertifikatlash tizimi orqali joriy etilgan
FAQ
Tez-tez so'raladigan savollar bo'limida barcha savollaringizga javob olishingiz va qo'shimcha ma'lumot uchun shuningdek aloqa b'limiga murojaat qilishingiz mumkin
Oila a‘zosi mening nomimdan KRI qabullariga murojaat qilishi mumkinmi?
Yo‘q, KRI siyosati nomzodlar bilan ularning oila a‘zolari bilan emas, balki ularning arizalari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishni nazarda tutadi
Arxitektorlar va muhandislar oliy maktabida o'qish kimlar uchun?
Soha yo‘nalishlari bo‘yicha bugungi kunda 5 yildan ziyod ishlab, mana shu yo‘nalishda taʼlimning bakalavr darajasiga ega xodimlar uchun
Qayta tayyorlash hamda malaka oshirish markazida o'qish kimlar uchun?
Soha mutaxassislari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha bugungi kunda kerakli bo‘lgan bilimlarni olish uchun zamonaviy ishlab chiqilgan dasturlar asosida malakasi oshirib boriladi. Tinglovchilar 3 yillik mexnat staji va shu yo‘nalishda taʼlimning bakalavr darajasiga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Sertifikat olish shartlari?
O‘quv dasturi bo‘yicha ta’lim dasturlarni to‘liq o‘zlashtirgan va yakuniy nazoratdan muvaffaqiyatli o‘tgan kurs tinglovchilariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi ‘Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida‘gi 460-sonli qaroriga muvofiq Sertifikat Kompetensiyani rivojlantirish instituti va uning hududiy filiallarida dasturlar bo‘yicha o‘quv kursini tugatib, belgilangan tartibda o‘tkazilgan test sinovlarini muvaffaqiyatli yakunlagan mutaxassislarga beriladi.
Magistratura mutaxassisliklari?
- Arxitektorlar va muhandislar oliy maktabi
- Oqava suvlarni oqizish va suv resurslarini muhofaza qilish yo‘nalishi uchun o‘quv dasturi
- Kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish
- Bino va inshootlar qurilishi
- Muhandislik kommunikasiya tizimlari qurilish va montaji
- Qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari