Bugungi kunda, Kompetensiyani rivojlantirish instituti tomonidan xalqaro xamkorlikni rivojlantirish maqsadida qator xorijiy davlatlarning qurilish hamda ta’lim sohalaridagi yetakchi kompaniya va oliygoxlari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Dunyoda qurilish va arxitektura sohasidagi yangilanish hamda o‘zgarishlar taraqqiyotning eng muhim nuqtasini belgilayotgani ham sir emas albatta. Bu jarayonlarda Xitoy davlatining boy tajribasi va qurilish sohasida yetakchilik qilib kelayotganligi hamkorlik qilish uchun muhim sabab bo‘lmoqda.
Joriy yilning 6 – 8 mart kunlari Xitoyting “Sinzyan sanoat va qurilish korporatsiyasi” boshqaruv raisi janob Sya Szyango boshchiligidagi nufuzli delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Mazkur korporatsiya qurilish va ta’lim jarayonlarini o‘zida birlashtirgan holda “ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini” muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ygan yirik tashkilot sanaladi. Shuningdek, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida kompaniyaning muvaffaqiyatli loyihalari amalga oshgan. Mazkur tashrif doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Kompetensiyani rivojlantirish institutida delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda institut rektori A.T.Qo‘ldoshev va janob Sya Szyango boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan qurilish hamda ta’lim soxalarida kelgusidagi xamkorlik masalalari muhokama qilib olindi.
Uchrashuvda qurilish sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, Xitoy qurilish sanoat vakillarining O‘zbekistonlik mutaxassislar bilan tajriba almashishi, o‘quv jarayonlariga xitoylik mutaxassislarni jalb etish va ularning amaliyotdagi tajribasidan dars jarayonlarida keng foydalanish hamda instituti tinglovchilari uchun mavjud elektron ta’lim platformasini boyitish va yangi yo‘nalishlar uchun xitoylik mutaxassilarni jalb etish masalalari atroflicha muhokama etildi.